European Union
FOCUS CINE LAB

Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi Delegatsiyasi moliyaviy ko’magi va Pol’shaning O’zbekistondagi elchixonasi ishtirokida FOCUS kino va teatr maktabi XALQARO KINO  LABORATORIYASIGA arizalar qabul qilinishini e’lon qiladi.

Nima bo'ladi

Qisqa metrajli fil’mni suratga olish

Amaliy topshiriqlar

Loyihani himoya qilish

Yevropaning  eng yaxshi kino institutlaridan birining  mutaxassislarining ma’ruzalari

O’zbekistonning yetakchi mutaxassislari rahbarligidagi  mashg’ulotlar

Ma'lumot

— Umumiy  davomiyligi – 3 oy
— Dam olish  kunlari haftasiga  2 marta, 2,5-3 soat
— Laboratoriyaning  asosiy  qismi – onlayn
— Amaliy darslar – oflayn rejimda
— Yoshi – 18 yoshdan  yuqori
— Maxsus ma’lumot talab qilinmaydi
— Rus tilida mustaqil so’zlasha olishi
— Ishtirokchilarni  tanlash 3 bosqichda  amalga  oshiriladi: arizalarni  topshirish, ish  va  loyihalarni  yuborish, suhbatlashish

Janr: Hujjatli fil’m
Hujjatli  loyihaning  mavzusi : «YO’QOLIB  BORAYOTGAN  DUNYO»
Хронометраж фильма: до 10 минут

Ishtirok etish mutlaqo bepul!
Ishtirok uchun joylar o`rni cheklangan!

Ma'ruzachilar

Umid Malikov

O'zbekiston

30 dan ortiq fil’mlarning operatori, Toshkent san’at instituti magistri, FOCUS kameralar ustaxonasining badiiy rahbari, European Union amaliyoti bo’yicha ustoz — FOCUSCINELAB

Matsey Drygas

Pol'sha

Leon Shiller nomidagi Davlat kinematografiya, televidenie va teatr maktabining professori (Pol’sha). Hujjatli fil’m rejissyori, ssenariy muallifi, prodyuser. Ko’pgina xalqaro festivallarning laureate va ishtirokchisi. Pol’sha kino institute ishlab chiqarish va rivojlantirish bo’yicha ekspertlar qo’mitasi rahbari. Vikipediya haqida qo’shimcha ma’lumot https://clck. ru/RH7EA

Yatsek Petritskiy

Pol'sha

Pol’shalik operator, rejissyor va ssenariya muallifi. Leon Shiller nomidagi Davlat kinematografiya, televidenie va teatr maktabining hujjatli fil’mlarini rejissyorligi fakul’teti o’qituvchisi (Pol’sha). BAFTAAwards, European Fil’m Academy va boshqalar g’olibi. «Yevropadan 89mm» fil’mining operatori (Oskar mukofoti nominanti). Britaniyaning BBC bilan hamkorlik qiladi.

Zulfiqоr Musoqov

O'zbekiston

Kinorejissyor, ssenariya muallifi, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, «Mehnat shuhrati» ordeni kavaleri, ko’plab xalqaro mukofotlar laureati, 30 dan ortiq fil’mlarning muallifi. Toshkent shahridagi FOCUS kino va teatr maktabining rejissyorlik maktabi va ssenariya mualliflari ustaxonasining badiiy rahbari. Qo’shimcha ma’lumot Vikipediyada https://clck. ru/RH7Bq

Hozirgi Xalqaro Film Laboratoriyasining Yevropa Ittifoqi FOCUS CineLab-ga ishtirokchilarni qabul qilish yopildi. Ko’rishguncha!

Меню